Portlash

Portlash — oniy vaqtda chega- ralangan hajmda katta miqdorda ener- giya ajralib chiqish jarayoni. Ma’lum xajmni egallab turgan modda P. na- tijasida energiya ajratib, atrofdagi muhitni juda katta kuch b-n harakatga kelti-ruvchi yuqori bosimdagi qizigan gazga aylanadi. P. qattiq jismda uning emirilishi va parchalanishi b-n kuza- tiladi. Muhitningt-rasi, zichligi, bo- simining keskin ko’tarilishidan yuzaga kelgan harakat P. to’lqini deyiladi. Bu to’lqin muhitda juda katta tezlik b-n harakatlanadi. P. vakuumda yuz bersa, P. energiyasi turli tomonga katta tezlik b-n uchib chikadigan portlovchi moddalarning kinetik energiyasiga aylanadi va atrof- dagi turli ob’ektlarga nisbatan mexa- nik ta’sirni yuzaga keltiradi. P. joy- idan uzoklashgan sari P. to’lqinining ta’siri kuchsizlana boradi. Energiya manbainingtabiati va u qanday yo’l b-n ajralib chiqishiga qarab P. bir necha turga bo’linadi. Kimyoviy portlovchi mod- dalar kimyoviy bo’linish xossasiga ega; bunda molekulalararo bog’lanish ener- giyasi issiqlik energiyasi sifatida AJ- ralib chikali. Portlovchi moddalar uchun t-ra oshishi kimyoviy bo’linish tezligini ifodalaydi. Nisbatan past t-Rada ki- myoviy bo’linish juda sekin yuz bera-Di, natijada portlovchi modda b-n atrof muhit orasida issiklik muvoza-nati yuzaga keladi. Agar ajralib chiquvchi is- siklikning moddadan tashqariga chiqib ketmasligiga sharoit yaratilsa, t-ra oshi- shi b-n kimyoviy bo’linish jarayoni tezla- shadi, bunga issiqlik ajratib portlash deyiladi. Yana shunday P. jarayoni bor- ki, bunda kimyoviy o’zgarish portlovchi modda bo’ylab birin-ketin qatlamdan qatlamgato’lqin ko’rinishida tarqaladi. Moddaning ol-dingi holatidan juda yuqori bosimli va t-rali holatga keskin o’tishini ta’minlovchi bunday to’lqin zarba to’lqinidir (yana q. Detonasiya). Moddalarning fundamental o’zgarishlari b-n bog’liq bo’lgan yadro P.lari ham mavjud. Bu P. atom yadrosi- ningtarkibiga kiruvchi elementar zar- ra (proton, neytron) larning bog’lanish energiyasi ajralib chikishiga asoslan- gan. Modda ato-mi yadrosining parchala- nishi natijasida nisbatan engil yadroli elementlar hosil bo’ladi. Yadrolarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan yangi neytronlar boshqa yadrolarning par- chalanishiga olib keladi va, nixryat, par- chalanish soni juda tez usadi. Shunday o’z-o’zini tezlatuvchi jarayonga zanjir re- aktsiyasi deyiladi. 100 kg uran yoki plu- Toniy yadrolarining parchalanishi uchun kerakli vakt 10~6 s ni tashkil kiladi. Boshkariladigan zanjirli yadro reaktsi- yasi yadro reak-torida amalga oshiriladi. Katta mikdordagi energiya ajralib chikadigan yadro reaktsiyasining yana bosh- ka turi — engil yadrolar sintezi reak- tsiyasi. Yuqori t-Rada yuz beruvchi sintez jaraeni termoyadro reaktsiyasi deyiladi. Deyteriy yadrosining (vodorod izotopi 2n) sintezida shuncha massadagi uran- ning parchalanishida ajralib chiqadigan energiyadan 3 marta ko’p energiya ajralib chiqadi. Sintezga kerakli t-raga eri- shish uchun uran va Plutonning yadro re- aktsiyasidan foydalaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan P. turlarida ajralib chiqadigan energiya moddalarning mole- kulyar va yadro bog’lanish energiyasidir. P. ning yana shunday turlari borki, ularda ajralib chiqadigan energiya tashqi man- badan yuboriladi. Shunday P.ga misol qilib muhitning kuchli elektr razrya-Di- ni olish mumkin. Bunda elektr Energi- yasi razryadli oraliqda muhitni yuqori t-ra va bosimli ionlashgan gazga aylan- tiruvchi issiqlik ko’rinishida ajralib chiqadi. Fokuslantirilgan lazer nurini jismga ta’sir qildirish yo’li b-n ham P. hodisasini hrsil qilish mumkin. Tabiatda P.ni hosil qiladigan juda ko’p hodisalar mavjud. Chaqmoq vaqtida atmosferadagi elektr razryadlari, vul- qonlarning to’satdan otilishi, yirik me- teoritlarning er yuziga tushishi turli P.larga misol bo’la oladi. Tungus Meteo- ritining (1907) erga tushishi natijasi- da yuz bergan portlashda ~107 t trinitro- luolning portlashida hosil bo’ladigan energiyaga teng energiya ajralib chiqqan. Kimyoviy portlovchi moddalar buzish ishlarida asosiy vosita hisoblanadi. Yadro P.larining buzish qobiliyati yuqori. Bitta yadro bombasining P.idagi energiya 10 mln. t kimyoviy portlovchi moddaning energiyasiga ekviva-lentdir. P. ilmiy tadqiqot ishlarida ham keng qo’llaniladi. P. gaz, suyuqlik va qattiq jismlarning yuqori bosim va t-radagi xususiyatlarini tekshirishda, fizikaning nomuvozanat jarayonlarida — turli muhitlarda massa, energiya va impulslarning uzatilishini, modda- larning faza o’tishlari mexanizmlari- ni, kimyoviy reaktsiya va b. hodisalarni o’rganishda juda muhim. P. foy-Dali qazilmalar joylashgan erni aniklash va ularni ochishda, yo’l, to’g’on va tog’lardagi tonnel qurilishlarini bajarishda P. jarayonidan keng foydalaniladi (q. Portlatuv ishlari).