Pinch-effekt
Pinch-effekt (ing. pinch — Tora- yish, kisilish) — kuchli tok o’taetgan gaz- larda razryadning torayishi. Bu hodisani 1934 y.da amerikalik olim u. Bennet gaz-razryadli plazmadati za-ryadlangan tez zarralar oqimi uchun tad-biq qilgan. «P.-e» terminini fanga ingliz fizigi L. Tonks kiritgan (1937). Tok o’tkazuvchi modda to’ldirilgan tsilindr shaklidagi razryad kame-rasining o’qi bo’ylab tok / o’tayotganda u vujudga keltiradigan mag- nit maydo-nining kuch chiziqlari kon- tsentrik aylanalar ko’rinishini oladi (aylanalar tekisligi tsilindr o’qiga perpendikulyar bo’ladi). Zichligi tokning zichligiga teng bo’lgan o’tkazuvchi muhitga (moddaga) ta’sir qiladigan elektrodina- mik kuch muhitni siqishga intiladi. Vu- judga kelgan holat P.-e. deyiladi. P.-e. ni aloxida parallel toklarning magnit tortishishi natijasi deb ham qarash mumkin. O’tkazuvchi muhitning gazkine- tik bosimi magnit si-qishga to’sqinlik qiladi. Lekin tok etarli darajada kat- ta bo’lganda magnit bosimi gazkinetik bosimdan katta bo’ladi va tok kanalini siqadi, nati-jada P.-e. vujudga keladi. P.-e. vujudga kelishi uchun muxitda- gi qaramaqarshi ishorali zaryadlarning kontsentrasiyasi taxm. teng bo’lishi ke- rak. Fazoviy zaryadlar elektr maydoni bir xil ishorali zaryadlar oqimida tok- ning siqilishiga qarshilik ko’rsatadi. Gaz orqali etarli darajada katta tok o’tganda gaz ikki xil ishorali zaryad- langan zarralardan ibo-rat ionlashgan plazma holatiga o’tadi. Bu holda P.-e. plazma shnuri (tok ka-nali) ni razryad hosil bo’lgan kamera devoridan siqib chiqaradi. Shunday qilib, plazmaning magnit termoizo-lyasiyasi uchun sharoit yaratiladi. O’z-o’zidan qisiladigan kuch- li razryadlar (pinchlar)ning bu xossasi- dan boshqariladigan termoyadro sintezi (BTS) da yuqori t-rali plazmani saklab turish uchun keng foydalaniladi. P.-e. faqat gaz rayaryadli emas, balki qattiq jismlar plazmasida, ayniqsa, yarimo’tkazgichlarning kuchli g’alayonlangan elektron-kovak plazmasida ham vujudga keladi.