Piramida

Piramida (Yun. pyramidos) -1) matematikada — bitta ko’pburchak (asos) va umumiy uchga ega bo’lgan uch-burchaklar (yon yoqlar) b-n chegaralangan jism. Aso- sining shakliga ko’ra, uch burchakli P., to’rt burchakli P. va b. deb yuritiladi. P. uchi (R)SJ asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar P.ning balandligi deyi- ladi. Asosi muntazam ko’pburchak bo’lib, balandligi asos markaziga tushadigan P. muntazam P. deb ataladi. Muntazam P.ning yon yoqlari bir xil teng uchburcha- klardan iborat, ularning balandligi P.ning apofemasi deyiladi. P. hajmi V = -4 SH formula b-n topiladi; bunda, S — asosi yuzi; N — balandligi. P. asosiga parallel tekislik b-n ke- silsa, asos tomonda kesik P., kesimda esa asosga o’xshash ko’pburchak (ustki asos) hosil bo’ladi; 2) me’morlik-D a — pira- mida shaklida, zinapoya yoki minorasimon qilib quriladigan mo-numental insho- ot. Mas, qadimgi Misrda fir’avnlar- ning qabrini P. shaklida qurganlar (q. Ehromlar).