Purkagichlar
Purkagichlar — o’simlik zarar- ku-nandalari va kasalliklariga, begona o’tlarga qarshi kurashishda, defoliasiya va dezinfektsiya tadbirlarida kimyo- viy moddalarni purkaydigan mashina yoki apparatlar. P. maxsus (tokzor, bog’, o’rmonlar uchun mo’ljallangan) va uni- Versal turlarga bo’linadi. Traktor yura olmaydigan kichik maydonlarda elkaga osib ishlatiladigan P. ham bor. Traktor P.i tirkama, o’rnatma va yarim o’rnatma bo’ladi. Purkash qurilmalarining turiga qarab, P. gidravlik, ventilyatorli va aerozol xillarga bo’linadi. Gidrav- lik P.da suyuklik purkash uchliklariga bosim b-n uzatilib, mayda tomchilarga parchalanib purkaladi. Ventilyatorli P.da purkash uchliklaridan chikayotgan suyuklik ventilyatorning havo oqimi b-n aralashib purkaladi. Suyuklik, aso- san, plunjerli, porshenli, uyurma va shesternyali nasoslar yordamida purka- gich uchlariga haydaladi. Traktorga tir- kab ishlatiladigan P., asosan, ikki-ta pnevmatik g’ildirakka o’rnatilgan rama, suyuklik idishi, qorishtirgich, reduk- tsion saklagich klapani, filtr, uch plunjerli nasos, reduktor, ventilyator, harakatlantiruvchi mexanizm, so’rish va haydash magistrallari, suyuklik purka- lishini boshqarish tizi-mi, purkagich uchliklari va suyuklikni olish shlan- gidan iborat. Bu mashi-nadan, asosan, mevali daraxtlar, burdoy, sabzavot va texnika ekinlari kasalliklari hamda zararkunandalariga karshi dori purkash- da foydalaniladi. Katta maydondagi o’simliklar maxsus purkash apparatlari o’rnatilgan samolyotlar va vertolyotlar yordamida dorilanadi.