Pussen (Poussin) Nikola

Pussen (Poussin) Nikola (1594, iyun, Normandiya — 1665.19.11, Rim) — frantsuz rassomi, 17-a. san’ati klas- sisizmining eng yirik namoyandasi. Qad. Dunyo san’ati, shuningdek, Rafael, Ti- tsian, manerizm rassomlari, Bolonya maktabi ustalari asarlarini o’rgangan, perspektiva, shuningdek, anatomiya va matematika b-n shug’ullangan. 1612 y.da Parijga ko’chib o’tgan, keyinroq 1624— 40 va 1642 y.dan Rimda ishlagan. P. ta- rixiy, mifologiya, madaniy va adabiy mavzularga bag’ishlangan asarlarida in- son go’zalligi, aqli va olijanobligini tarannum etdi: «Rinaldo va Armida» (1625-27), «xochdan olish» (taxm. 1630), «Flora saltanati» (taxm. 1631-32), «Arkadlik cho’ponlar» (taxm. 1650) va b. 40-y.lar oxiridan tabiatni tasvirlashga e’ti-borni kuchaytirdi, manzara janrida ajoyib asarlar yaratdi («yil fasllari», 1660-64 va b.), «Avtoportret» (1650) da inson sha’ni, vazminligi, mehnatiga ishonch mahorat b-n tasvirlangan.