Psixasteniya

Psixasteniya (psixo… va aste- niya) — ruhiy zaiflik. 1) nevrozning bir xili, bunda kishi miyasi taxlikali o’y-fiqolar b-n band bo’ladi; 2) kishi xarakteridagi patologik holat (ncuxo- patiyanmng bir turi); o’z-o’ziga ishonmas- lik, hamma narsadan shubhalanish, vasva- sa, vahimaga tushish. Bunday kishilarda jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, ikkila- nuvchanlik kuzatiladi. Do-imiy ishon- cheizlik, qo’rquv ularni ikkilanuvchan, o’z qobiliyatiga ishonmaydigan, beqaror odamlarga aylanti-rib qo’yadi. Oxir- oqibat ular vahima va shubhalanuvchan bo’lib, arzimagan ru-hiy qiyinchiliklar ta’sirida miyadan ketmaydigan holatlar nevroziga duchor bo’ladilar. P. asosi- da bosh miyadagi asosiy jarayonlar ichi- da birinchi signal sistemasiga (idrok etish, hissiyot) karaganda ikkinchi sig- nal sistemasi (fikr-mulohaza yuritish) ustun turishi I. P. Pavlov tomonidan isbotlangan. P.da miyadan ketmaydigan fiqolar yoki shilkimlik holatlari uch- raydi.