Psixik kasalliklar

Psixik kasalliklar, ruhiy kasalliklar, psixozlar — bosh miya FA- oliyatining buzilishidan kelib chika- digan kasalliklar: ruhiy faoliyatning funktsional uzgarishidan to uning bu- tunlay buzilishigacha bo’lgan holatlar. P.k.da bemor voqealikni to’g’ri idrok etolmaydi, shu jihatdan P.k. ichki ka- salliklardan farq qiladi. P.k.ning sabablari xilma-xil, bular orasida irsiy omil (nael) asosiy o’rin tuta- Di. Mas, oligofreniya, psixopatiya, ma- niakal-depressiv psixoz, epilepsiya va shizofrenshttt kelib chiqishida kishi- ning nasl-nasabi muqim rol o’ynaydi. P.k.ning paydo bo’lishi va avj olishiga infektsion kasalliklar, bosh miyaning shikastlanishi, intoksikasiya, ruhiy iz- tiroblar ham sabab bo’lishi mumkin. Onaning homiladorlik paytida ka- sallanishi yoki shikastlanishi sabab- li homilaning zararlanishi bolaning ruhiy rivojlanishdan orqada qolishi- ga, epilepsiya va b. ruhiy o’zgarishlarga olib keladi. Surunkali alkogolizm va narkomaniya ham bora-bora kishini P.k.ga olib borishi mumkin. P.k.ning vujudga kelishida kasallikka sabab bo’ladigan omillardan tashqari, kishining o’ziga xos xususiyatlari, uning ilgari boshidan kechirgan kasalliklari (mas, miya shikast- lanishi, alkogoldan zaharlanish, ichki a’zolar kasalliklari, naslida ruhiy ka- sallik borligi va b.) ham ahamiyatga ega. P.k.ning belgilari, asosan, gal- lyusinasiya, alaxlash, shilqimlik, hayajonlanish, ong va xotira zaiflashu- VI, esi pastlik va h.k.dan iborat. P.k. kishining jinsi va yoshiga ham bir qadar bog’liq. Umuman bemorni qancha erta davolashga kirishilsa, oqiba-ti shuncha yaxshi bo’ladi. Kasallikni yashi- rib yoki uyalib, vrachga vaqtida murojaat qilinmasa, dard ulg’ayib, davolash ancha qiyinlashadi. Shuning uchun kishi o’zida andak ruhiy o’zgarish sezsa, darhol vrach- psixiatr ga ko’rinishi lozim. Ruhiy bemorlar maxsus psixiatriya kasalxonalarida davolanadi.