PROSTATA BEZI ADENOMASI
PROSTATA BEZI ADENOMASI -yoshi ulg’aygan erkaklarda prostata be- zining kasallanib, o’smasimon (xavf- siz) kattalashuvi. P.b.a. sekin rivoj- lanadi, dastlabki belgisi tez-tez va, ayniqsa, tunda zahartang qilishidir; avvaliga siydik ingichkalanib tusha-Di va uzoqqa bormaydi. Bemor go’yo oyog’i ora- siga siygandek bo’ladi. Vaqt o’tishi b-n bu holat kuchayadi: siydik tomchilab kela- Di, ba’zan to’liqtutilib ^lishi ham mum- kin. Kasallik juda o’tib ketgan hollarda siydik ixtiyorsiz tomaveradi, biroq bemorning qovug’i bo’shamaganga o’xshab turadi. Bu belgilar b-n bir qatorda buyrakda ham turli o’zgarishlar yuzaga keladi. Buyrak kosachalari va jomi ken- gayadi, buyrak yallig’lanadi (q. Pielonef- rit); tosh pay-do bo’lishi ham mumkin (q. Siydik-toshi kasalligi). P.b.a. ulg’ayib ketishining oldini olish uchun kasal- likning birinchi belgilaridanoq vrachga ko’rinib, uning tavsiyalariga (gigienik rejim, parhez va b.) amal qilish lozim. Ay-niqsa, oyoklarni sovqotishdan ehtiyot qilish kerak. Siydik qistaganda dar-hol qovuqni bo’shatish lozim. P.b.a. operasiya yo’li b-n davolanadi.