Prostatit
Prostatit — prostota bezinnnt yallig’lanishi. Ko’pincha siydik chiqarish kanali (uretra) yallig’langanda, so’zak, uretrit va b.da infektsiya prostata bez- iga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan o’tishi na-tijasida kelib chiqadi. P.ga sovqotish, ko’p jin- siy aloqa qilish, zax joyda o’tirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab bo’lishi mumkin. O’tkir va surunkali bo’ladi. O’tkir P.da bemor tez-tez siyadi va siyganida shu soha sanchib og’riydi, oraliq achi-shadi, siydik jildirab tushadi; hojat vaqtida to’g’ri ichak sohasida og’riq pay-do bo’ladi, harorat ko’tariladi. Prostata bezida AB- stsess paydo bo’lganda, u o’z holicha teshi- lishi va to’g’ri ichak yoki siydik chiqarish kanalidan yiring oqishi mumkin. P.ni mutaxassis vrach davolaydi. O’z vaqtida davolanmasa, infektsiya atrofidagi a’zo va to’qimalarga o’tishi, sepsis, kasallik surunkali Tue olishi, jinsiy zaiflik, bepushtlik kabi og’ir asoratlar yuzaga ke- lishi mumkin. Kasallikning zo’raygan va tuzalish davrlari uzok, davom etib, siy- Dik chiqarish kanali, oralik, sohasidagi achishish; siyganda yoki hojatdan keyin bir oz suyuklik ajralishi, shu vaqtda bezovtalanish, toli-qish surunkali P.ga xos belgilardir. Surunkali P. bo’lgan bemorlarga do- ri-darmonlar, fizioterapiya, shuning- dek, sanatoriy va kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Kasallik zo’riqqanda achchiq, sho’r ovqatlar, spirtli ichimli- klar, jinsiy aloqa taqiqlanadi. P.ning oldini olishda siydik chiqarish kanali, qovuqning yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida aniqlab, batamom davolash va ichni ravon yurgi-zib turishga ahamiyat berish lozim. Uzoq o’tirib ishlaydigan kishilar piyoda sayr qilishlari, yugu- rish, suzish, tennis va sportning boshqa turlari b-n shug’ullanib turishlari ke- rak.