Protezlash
Protezlash — tibbiy-texnik fan; gavdaning mayibmajrux. bo’lgan a’zolari yoki qismlari shakli va funk- tsiyalarini tiklashga qaratilgan tibbiy- texnik tadbirlar sistemasi. P. tibbiyot b-n texnika o’rtasidagi fan bo’lib, orto- pediya, travmatologiya va tiklash jarrox- ligi b-n bog’liq. P.ga xos ma’lumotlar juda qadimdan ma’lum, P.da, asosan, protez va protez-ortopedik buyumlar, apparatlar, poyabzallar va b. maxsus moslamalardan foydalaniladi. Eshi- tish apparatlari ham P.ning bir turi hisoblanadi. Shuningdek, P.da bemor va mayib kishilarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar; hassa, qo’ltiq tayoq, aravacha va h.k. qo’llanadi. O’zbekistonda P. — qo’l-oyoklari va b. a’zolarining anatomik nuqsoni bo’lganlarni moddiy ta’minlash turlaridan biri; mayiblar- ga maxsus moslamalar, odatda, bepul ij- timoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot hisobidan beriladi. P. ortopediya va travmatologiya i.t. institutlari hamda protez z-dlarida amalga oshiriladi.