Portlatuv ishlari

Portlatuv ishlari — tabiiy (tog jinsi, yog’och, muz) yoki sun’iy (tosh, g’isht, beton devor, metallar va b.) ma- teriallarni ko’porish, siljitish, ular- ning tuzilishi yoki shakl o’zgarishini tekshirish maqsadida xalq xo’jaligida bajariladigan ishlar. P. i. portlovchi moddalar va zaryad yordamida bajariladi. Portlovchi moddalarni qo’poriladigan ob’ekt orasiga joylashtirish uchun unda, odatda, oldindan burg’ilab bo’shliq (shpur, kamera) qaziladi. P. i. ning qo’llanish sohasi keng. Ular konchilikda eng ko’p ishlatiladi: qazilma boyliklarni seysmik usulda qidirish, konlarni ochish, qattiq qazilma boy- liklarni qazib olish va b. Qurilishda P.i.dan qurilish may-donchalarini te- kislash, muzlik va qoyali zaminlarni yumshatish, xarsang tosh va ildizlarni qo’porish, to’g’onlar qurish, yo’l va gidro- texnik tonnellar qurish va b.da foyda- laniladi. Su v xo’jaligida P.i. yorda- mida suv havzalari tubini va daryoning kema qat-naydigan joyi (farvateri) ni chuqurlashtirish, ko’l ostiga tiqilib qolgan katta muz bo’laklarini parchalash, inshootlarni bahorgi muz siljishlari- dan saklash va b. bajariladi. Sh i moliy qutb sharoitida P. i. b-n muz uyurmala- ri parchalanadi, muzlab qolgan kemalar muzlardan tozala-nadi va b. Metallur- giya sanoa-tida P. i.dan metallarni, po’latlistdan shtamplangan murakkab detallarni va metallarning payvand- langan joylarini mustahkamlashda, quymalarni kuyindi va zangdan toza- lash va b.da foydalaniladi. Neft va gaz sanoatida quduqlarda torpedalarni portlatish yo’li b-n neft katla-mida- gi debit oshiriladi, suv ostidan neft qazib chiqarish uchun sun’iy to’g’on va er osti neft ombori quriladi. Portla- tish yo’li b-n neft va gaz quduqlaridagi yong’in o’chiriladi. Elektr detonatorlarni portlatish portlatuv mashinasi b-n amalga oshiri- ladi. Portlatuv mashinasi elektromag- nitli, kondensatorli va Dinamo-elek- trikli xillarga bo’linadi. Kondensator- li portlatuv mashinasi ko’p tarqalgan, unda tok manbai sifatida kondensator ishlatiladi. Mashinaning ishlash tar- zi kam quvvatli elektr toki manbaidan olingan elektr energiyani 10-20 sek kondensatorga yigib, Yi-g’ilgan energiya- ni portlatish tarmog’iga ulashdan iborat. Portlovchi moddalardan tinch maqsadlarda foydalanish qadimdan ma’- lum; birinchi marta 1448-72 y.larda Neman daryosini tosh va b. jinslardan tozalashda ishlatilgan. Keyinchalik po- roxdan foydalanib ruda qazib chiqarish Rossiya (1617), Sileziya (1627), Chexiya (1629), Angliya (1670) va b. joylarda keng tarqala boshladi. Keyin elektr usuli b-n portlatish (1812) va Dina-mitning (1860) ixtiro qilinishi, burg’ilash ma- shinalari (1861), kapsyul-detonator- larning yaratilishi (1867) P. i.ni keng rivojlantirishga olib keldi. P. i.da za- ryadining kuchi 0,1 t dan bir necha ming t gacha bo’lgan portlovchi moddalar va yadro- viy portlashdan foydalaniladi.