Polifagiya
Polifagiya (poli… va … fagiya) — 1) odamlarda, mechkaylik — ovqatni haddan tashqari ko’p iste’mol qilish. P. sog’lom odamda energiya va oqsilga talabning oshishi (uzoqochlikdan, og’ir jismoniy mehnat va yuqumli kasalli- klardan so’ng) yoki ayrim kasalliklar (qandli diabet, buqoq va b.), shuningdek, gipotalamusdagi ovqatlanish markazi- ning qo’zg’alishi tu-fayli (mas, nevroz- lar, aqli zaiflik-da) paydo bo’ladigan soxta ochiqish hissi b-n bog’liq bo’lishi mumkin; 2) hayvonlarda, hammaxo’rlik (zoologiya); hayvonlar (polifaglar) ning xilma-xil o’simlik va hayvonlar b-n oziklanishi. Mac, o’tloq parvona- si qurti 160 turga yaqin o’simlik, sariq o’rmon chumolisi yuzlab tur hasharotlar va b. umurtqasizlar hamda ayrim o’simliklar b-n oziklanadi. Baqalar, qur-baqalar, kaltakesaklar, ko’pchilik yirt-qich qushlar (kalxatlar, burgutlar), sut emizuvchilar (bo’rilar, tulkilar) P. hisoblanadi. P. ovqat hazm qilish sis- temasida muayyan anatomik, biokimyo-viy va fiziologik moslanishlar (mas, xilma- xil fermentlar bo’lishi) b-n bog’liq. P. hayvonning oziq kam bo’lgan chekka shi- mol yoki cho’l sharoitida yashab qolishiga imkon beradi. Hayvonlarning bir xil yoki bir necha xil oziq b-n oziklanishi monofagiya yoki stenofagiya deyiladi.