Popov Vladimir Ivanovich
Popov Vladimir Ivanovich (1907.23.2, Sankt-Peterburg — 1991.25.11, Toshkent) — geolog. O’zbekiston FA akademigi (1968), geol.- mineralogiya fanlari dri (1939), prof. (1940), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika ar-bobi (1957). O’rta Osiyo un-tining fizikamatematika f-tini tu- gatgan (1927). Pomir—to-jikiston Geo- logik ekspedisiyasida geolog/1927-39), un-tda prof. (1939— 42). O’zbekiston FA Prezidiumining a’zosi va ishlab chikaruvchi kuchlarni o’rganish kengashi (SOPS)ning raisi (1970-74). Pomir- da oltinning boy sochma konlarini to- pib (1927), bu hududning metallogenik va geokimyoviy sxemasini tuzgan. Ilmiy ishlari, asosan, cho’kindi jinslarning fasial komplekslarini aniklash va FA- tsial-paleogeografik xaritaga tushirish me-todikasi, geologik formasiyalar tas- nifi va b.ga bag’ishlangan.