Populyasiya
Populyasiya (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega bo’lgan), aniq yashash arealini egallagan va ma’lum darajada zamon va ma-konda bir-biriga o’zaro ta’sir kursa-tadigan organizmlar guruhi. P.dagi genetik o’zgarishlar tur- larning kelib chiqishi, yangi o’simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va b. asosini tashkil qiladi. «P.»terminini daniyalik genetik V.Iogansen genetic Ji-hatdan bir xil bo’lmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil bo’lgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903). Tabiatda P.ning turli xil tipla- ri uchraydi: yopiq P. (faqat bir-biri b-n juftlasha oladigan individlar gu-ruhi); panmiktik P. (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amal- ga oshadi); mendelcha P. (bir geografik arealda tarqalgan, ko’payish va b. xusu- siyatlari bir xil bo’lgan individlar majmui); izo gen P. genetik Ji-hatdan aynan o’xshash, ya’ni barcha lokuslar (xro- mosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) bo’yicha ko’pchilik hollarda gomozigota bo’lgan individlar guruhi; muvozanatlangan P. — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutasion va selektsi- on tazyiqlar o’rtasidagi muvozanatga asoslanib o’zgarib turadi va tasodifiy juftlashish printsipiga ko’ra juftla- shitshda hamda lokuslararo erkin re- kombinasiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga Moe keladi. Fanda mavjud bo’lgan ideal P. tushunchasi tabiatda uchramay- Di va u faqat matematik mo-dellarda hisobga olinadi. Mas, zog’o-ra baliq Yi- rik ko’llarda 2 ta P. hosil qiladi, ular- dan biri qirg’oq yaqinida yashab, mayda hayvonlar b-n oziklana-Di va sekin USA- Di; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar b-n oziqlanadi va tez o’sadi; g’o’zaning yovvoyi turlari, shuning- dek, ekiladigan navlari P.si harorat, yorug’lik, suv rejimi, oziqlanish va b.ga nisbatan turlicha re-aktsiyalar b-n xarak- terlanadigan juda ko’p guruxlardan tash- kil topgan. Tabiatda P.larning aralashib ke- tishiga geografik (suv havzasi, tog’, o’rmon, cho’l), biologik (jinsiy apparat- ning tuzilishida kuyikish va uya qurish, o’simliklarda gullash muddatida farq bo’lishi), ekologik (yashash muhiti — na- mlik, tuproq tarkibida farq bo’lishi) alohidalanish to’sqinlik qiladi. P. EVO- Lyusiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolyu-tsion jarayon P. ichida boshlanadi. P. in-dividlari orasida doimo irsiy o’zgaruvchanlik paydo bo’lib turadi. Jinsiy ko’payish tufayli bu o’zgaro’vchanlik P. individ- lari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qo’yadi. P.da boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foy- Dali o’zgarishlarga ega bo’lgan individ- lar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyusi-on jarayonlarda P. ken- ja turni hosil qiladi. Ad.: Bigon M., Xarper J., Taun-send K., Ekologiya. Osobi, populyasii i so- obtshestva, v 2-tomax. Perevod s ang., M., 1989; Xoliqov P. va b. Biologiya, T., 1996; Mavlyanov O., Biologiya, T., 2003. Abdukarim Zikiryoev, Ochil Mavlo- Nov.