Podagra
Podagra (Yun. podos — oyoq va agra — qopqon) — organizmda modda- lar almashinuvining buzilishidan ke- lib chiqadigan kasallik. Bunda suyaklar, bo’g’imlar, tog’aylar, paylar, fassiyalar va b.da siydik kislota tuzlari (urat- lar) to’planadi. P. ayrim oilalar avlo- dida yillar davomida kuzatilgani uchun ir-siy kasalliklarga ham kiritishadi. Bundan tashqari, noto’g’ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar, go’sht va go’sht mah- sulotlarini ko’p iste’mol qilish, kam harakatlanish natijasida ham yuzaga keladi. Kasallik ko’proq erkaklarda 40 yoshdan keyin, ayollarda esa nisbatan kamroq uchraydi. Siydik kislota Tuzla- ri oyoq va qo’llarning mayda bo’g’imlarida (ularning shakli va funktsiyasi buzila- Di), shuningdek, teri, quloq chig’anog’i tog’aylari va hatto ichki a’zolar (mas, buyrak)da to’planishi mumkin. Oyoqning bosh barmog’i bo’g’imida ignasimon urat- lar to’planishi kasallikning eng xarak- terli belgisidir. P. og’riq xurujlari b-n kechadi. Biror bo’g’imda, xususan, boshmaddoq bo’g’imlarida, birdan sababsiz qattiq og’riq turishi P.ning asosiy belgila- ridandir. Og’riq kechasi, odatda, saharga yaqin tu-tadi va bemorning eti UVU- shib gavda t-rasi 40° gacha ko’tariladi, tongga yaqin og’riq bir oz kamayadi, bu hodisa 1-3 kunga cho’ziladi. Zarar- langan bo’rimlar terisi qizarib shi- shadi, qo’l tegizilganda bezillaydi. Og’riq xurujlariga qorinning dam bo’lishi, ichak funktsiya-sining buzilishi (qabziyat) ham ko’shilishi mumkin. Keyin og’riqto’xtaydi. Yana qaytalaguncha bir necha kundan tortib 1— 2 yilgacha muddat utishi mumkin. Kasallik kuchayib borsa, xurujlar tez-tez Kay-talanib, ular ora- sidagi muddat qisqara boradi va kasal- lik surunkali Tue oladi. P.ning o’tkir xurujlari, ayniqsa, surunkali shaklga o’tib ketishining ol- dini olish uchun o’z vaqtida vrachga muro- jaat qilish kerak.