POZIRIQ MOZORQO’RG’ONLARI

POZIRIQ MOZORQO’RG’ONLARI – temir davriga oid mozorqo’rg’onlar (mil. AV. 5— 3-a.lar). Oltoydagi Pozi- riq vodiysida. P.m.dan M. P. Gryaznoe (1929) va S. I. Rudenko (1947 – 49) mil. AV. 1-ming yillik o’rtalariga oid 5 ta katta mozorqo’rg’on ochishgan. Ular kat- ta tosh tepaliklardan iborat. 4 m. gacha chuqurlikda 50 m2 ga yaqin maydonga ay- lana lahadlar qurilgan. Toshqo’rg’onlar ostida muzliklar vujudga kelganligi natijasida dafn jihozlari va turli asbob-anjomlar saqlanib qolgan. Topil- malarning ko’pchiligi san’at buyumlari bo’lib, oltoyliklarning O’rta Osiyo sa- klari va Jan. Rossiya skiflari b-n yaqin aloqada bo’lganligidan darak beradi. To- pilmalar ora-sida otliklar, ovchi itlar va kiyiklar tasviri solingan dunyoda eng qad. Old Osiyo patli gidami va shoyi ma- tolar bor. Qabila boshliklarining dab- dabali dafn etilishi Oltoy chorvador jamoalarida ijtimoiy bo’linish mav- judligini ko’rsatadi.