Pogodin

Pogodin (taxallusi; asl familiya- si Stukalov) Nikolay Fyodorovich [1900.3 (16).11, Donesk viloyati — 1962.19.9, Moskva] — rus dramaturgi. Ijodi 1920 y.lardan boshlangan. P sovet voqeligini tasdiklovchi pesalar yozgan («mening do’stim», 1932; «aslzodalar», 1934) va inqilobiy davrning sahnaviy yilnoma- sini yara-tishga intilgan [«Miltikli kishi», 1937; «Kreml kurantlari», 1942 (1956 y.da kayta ishlangan); «alvon bu- lutlar», 1955; «uchinchi patetik asar», 1958 va b.]. P. bu va b. sahna asarlari hamda kinossenariylarida Okt. Davlat to’ntarishi va uning rahbarlari obrazi- ni sovet mafkurasi talablari asosida talqin etdi. P. umrining so’nggi yil- larida «inqilobiy romantik» voqealar tasviridan qochib, shaxs erkinligi, ruhiy olamining kommu-nistik axloq me’yorla- riga daxleizligi haqida hikoya qiluvchi «Petrarka soneti» (1957), yoshlar ruhiy olamining shakllanishi mavzuiga Bagish- langan «kichkina talaba» (1959), «moviy rapsodiya» (1961) pesalari va «kah-Rabo marvarid» (1960) romanini yaratdi. P. 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, Hamid Olimjon, uyg’un va Chustiy b-n hamkorlikda «O’zbekiston qilichi» pesasini ezdi (1943). P.ning bir necha pesalari O’zbekiston teatrlari sahnasida qo’yilgan.