PLASTIKLIK NAZARIYASI
PLASTIKLIK NAZARIYASI – qattiq jismlarning plastik defor- masiyalanishi o’rganiladigan mexanika bo’limi. P.n. jismlardagi plastiklik xossasining fizik ma’nosini emas, balki plastik (ishlovga moyil) jism- larning mikro-skopik xossalarini o’rganish, plastik deformasiyalanadi- gan jismlarda kuchlanish (zo’rikish) va deformasiyaning taqsimlanishini ani- klash usullarini to-pish b-n shugullana- Di. P.n. 19-a. oxirlaridan taraqkiy qila boshladi. Frantsuz olimi A.Sen-Venan, nemis olimlari R.Mizes, L.Prandtl, A.Nadan, rus olimlari S.L.Sobolev, S.G.Mixlin, A.A.Ilyushin, uzbek olimi X,.A.Rahmatullin va b. olimlar bu fanga muhim xissa qo’shgan. Amalda yupqa devorli yassi, tsilin- drik metall trubalarning cho’zilish, sikilishdagi plastiklik xossalari tekshiriladi. Bunda namuna tashki kuch ta’sirida siqiladi, cho’ziladi, burala- Di, unga ichki bosim ta’sir qiladi va h.k. Plastik deformasiyalanganda Mate- rialning zo’riqqan va deformasiyalan- gan holati unga qo’yilgan yukka bog’liq bo’ladi. Mac, namunaga ikkinchi marta yuk qo’yilganda uning elastiklik chega- rasi ortadi. Shuning uchun materialning biron zo’riqqan holatiga turli plastic deformasiyalar to’g’ri keladi. Jism- ning plastiklik modelini ta’riflash materialning zo’riqqan va deformasiya- langan holatlari orqali ifodalanadi- gan tenzorlarning o’zaro bog’liqligini aniqlashdan iborat. De-formasion P.n.dan tashqari, oqim nazariyasi ham mavjud. Bu nazariyaga ko’ra, zo’riqish va deformasiyaning o’sishi kuchlanish (zo’riqish) kompo-nentlariga bog’liq. P. n.ning ayrim sohalari — reologiya, yax- lit jismlar mexanikasi yaxshi rivoj- langan. P.n. texnikada — konstruktsiya- larni loyi-halashning muhim masalala- rini hal qilish, metallning plastik de- formasiyalanish texnologik jarayonini tekshirish va b.da katta o’rin egallaydi.