Plantaj
Plantaj, tuproqni plantaj plug b-n ishlash (lot. planto — o’tqazmoq) — ko’chatzor, tokzor va bog’barpo etiladi- gan erni plantaj plugda 40-100 sm chuqurlikda haydash. Tokzor, ko’chatzor, o’rmonzor qilinadigan, mevali daraxtlar ekiladigan er may-donlarini haydashda, shuningdek, sho’rxok va qumloq erlarni o’zlashtirishda P. usulidan foydalani- ladi. Bu usul ekilgan ko’chatlar ildizi- ning yaxshi rivojlanishiga, tuproqda suv rejimining yaxshilanishiga yordam be-radi. Akad. M.V.Muhammadjonov tomonidan g’o’za-beda almashlab ekish- da hay-dov qatlamini chuqurlashtirish (SO-SO sm) ekinlar hosildorligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi «ik- kinchi qo’riq», tuproq unumdorligini ta’minlashning usullaridan biri si- FA-tida asoslab berilgan. Plantaj plu- glarga chimqirqarlar, har xil baland- likda joylashtirilgan qo’sh korpuslar va b. qismlar o’rnatiladi; bu qismlar tuproqni chuqur yumshatgani holda uning pastki qatlamini yuzaga chiqarmaydi. Er 2-3 qatlamli qilib, chuqur haydaladi. Shu b-n bir vaqtda erga organik va mine- ral o’g’itlar ham solib ketiladi.