Plazma kimyosi

Plazma kimyosi, plazmokimyo — fizikkimyoning past t-rali plazmadagi fizikkimyoviy jarayonlarni, undagi re- aktsiyalar kinetikasi va me-xanizmini, plazmokimyoviy texnologiya asoslarini o’rganuvchi bo’limi. Fizika nuqtai na- zaridan P.k. da qo’lla-nadigan plazma (termoyadro plazmasiga nisbatan) past t-rali (103-105 K, ionlanish daraja- si 10~6-10^’), kimyo va kimyoviy texno- logiya nuqtai nazaridan esa eng yuqori t-rali hisoblanadi. Plazma kimyoda en- dotermik reaktsiyalarni amalga oshirish yoki issiqqa chidamli materiallar ta’sir etuvchi yuqori t-ra elitkichlari sifati- da ishlatiladineytral holatda mav- jud bo’lmaydigan ko’pgina molekulalar ionlashgan xrlda plazmada bo’la oladi. P.k.ning texnikada qo’llanishi plazma oqimining yuqori t-raga ega bo’lishiga asoslangan. Plazma oqimi elektr yoyli yoki yuqori chastotali induktsion plazma- tronlarda olinadi. P.k.ning eng istiqbolli texnik ja- rayoni atmosfera azotini to’g’ridan-to’g’ri oksidlash, metan va b. uglevodorodlarni elektrokrekinglab atsetilen olishdan iborat. Etilen va b. olefinlarni, te- traftoretilen, gidrazin, disian, vodo- rod tsianid, trixlorsilan, gidroksila- min, vodorod perok-Sid, formaldegid olish maqsadida ham P.k. jarayonlari o’rganiladi. P.k.ning maxsus bo’limi — plazma metal-lurgiyasida vanadiy, ni- kel, te-Mir, molibden, bor va h.k.ning oksidlari va galogenidlariga vodorod plazmasi ta’sir ettirib, sof element- lar ajratib olinadi. Metallar sirtida olovbardosh oksid pardalar hosil qilish yoki polimerlar sirtini tozalashda kislorod plazmasi oqimi qo’llanadi. P.k. plazma nurlanganda kechadigan fotokimyoviy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunga ozonning olinishi misol bo’la oladi, chunki bunda asosiy jarayon kislorod molekulalarini ultrabinaf- sha nurlar ta’sirida dissosiasiyalashga asoslangan. Ad.: Polak L. S. [i dr.]. Ximiya plaz- mi, Novosibirsk, 1991.