Peshdodiylar
Peshdodiylar — qad. Erondagi afsonaviy shoxlar sulolasi. «Bundax- Shin», «Dinkard», «Shohnoma» kabi man- balarga ko’ra, P. sulolasi 2441 y. hukm surgan. «Shohnoma»da Kayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid, Zahhok, Faridun, Manuchehr, Navzar, Zovi Taxmosp, Gush- tasplar P. sifatida tas-virlangan. Ave- stonnng «Yasht»larida hamda pahlaviy tilidagi yodgorliklarda esa, ulardan 7 tasi sanab o’tiladi, «paradata» — pesh- dod Hushangning unvoni sifatida ta’- kidlanadi. Firdavsiy (Shohnoma)da P.ni tarixiy shaxslar tarzida tasvirla- gan. P. elni dev, ajdar, ajinalar va b. g’ayritabiiy kuchlardan himoya qilishgan. Manuchehr davridagina o’zaro ichki nizo- lar, tashqi dushmanga qarshi kurash davom etgan. Jumladan, «Shohnoma»da uning Afrosiyob b-n yurt talashib qilgan Jan- glari tasvirlangan. Ad.: Firdavsiy, Shohnoma, 1-j., T., 1974.