Pianino

Pianino (ital. pianino — kichik fortepiano) — torli urma-klavishli musiqa cholg’usi, fortepiano turi. Royal- dan torlari, dekasi (rezonans tax-tasi) va mexanikasining vertikal joylashgan- ligi, tovushi uncha kuchli va rang-barang bo’lmaganligi b-n farkla-nadi. P.ning zamonaviy turi Ameri-kada J.I.Xokins (1800), Avstriyada M.Myuller (1801), An- gliyada T.Laud (1802) yaratgan namunalari asosida yuzaga kelgan. 19-a. o’rtalarida P. hozirgi shakli va konstruktsiyasi (cho’yan rama, ustma-ust kesishib tortilgan tor- lar, pastki va yuqorigi dempferli mexa- Nika, 7 oktavali diapazon)ga ega bo’ldi. Bunday P.lar, asosan, xona (kabinet) ijrosiga mo’ljallangan. Ba’zan kontsert (7’/4 oktavali) P.lari ham uchraydi.