Pirit

Pirit (Yun. pyrites lithos — uchqun be-ruvchi tosh), oltingugurt kolchedani, temir kolchedani — mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2 (46% Fe, 53,4% S); Co, Ni, As, Cu, Ai, Se va b. aralashmalari bo’ladi. Kub, Pentagon-dodekaedr, ba’- zida oktaedr kristallar hosil qilib, kub singoniyada kristallanadi. Zich do- nador massalar, sharsimon konkresiya- lar shaklida kup uchraydi. Och, sarg’ish- qo’ng’ir rangli, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi 6-6,5; zichligi 4900-5200 kg/m3. P. gidrotermal konlarda, Kolche- danli qatlamlarda keng tarqalgan. P. sulfat kislotasi, oltingugurt va temir kuporosi uchun xom ashyo xisoblanadi. RF (Ural, ol-toy), Kozog’iston, Norvegiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, AQSh, Kanada va Yaponiyada P. konlari topilgan.