Piroelektr
Piroelektr (Yun. rug — olov va elektr) — kristall dielektriklar qizdirilganda yoki sovitil ganda ular- ning sirtida elektr zaryadlari hosil bo’lishi. Qizdirilganda ularning bir uchi musbat zaryadlansa, sovitilganda manfiy, ikkinchi uchi esa teskari isho- Rada zaryadlanadi. Piroelektrik (kri- Stall dielektrik) sirtida zaryadlar hosil bo’lishi kristall qizdirilganda uning ichida spontan (o’z-o’zidan hosil bo’ladigan) qutblanishning o’zgarishiga, zaryadlanish intensivligi t-ra o’zgarishiga bog’liq. P. xususiyatli kri- stallar pezoelektr xususiya-tiga ham ega bo’ladi. Shuning uchun t-ra notekis o’zgarganida kristall deformasiyala- nadi, deformasiyalanish esa, o’z navba- tida, pezoelektr tabiatli «ikkilam- chi» qutblanishni yuzaga kel-tiradi va u P. tabiatli «birlamchi» qutblanishga qo’shiladi. Bu esa sof P. effektini ku- zatishga xalaqit beradi. Demak, kristall deformasiyalanmagan yoki deformasiyasi doimiy turgan holdagina sof P. effek- tini kuzatish mumkin. P. kristallarda elektrokalorik effekt deb yuritiladi- gan teskari effekt ham kuzatiladi. Bu effekt o’zga-ruvchan elektr maydoniga joylashtirilgan kristall t-rasining o’zgarishidan iborat. P. effektidan amadda in-fraqizil nurlanishni topish- da foydalanish mumkin.