Persepol

Persepol, Persipolis, taxti Jamshid — Sheroz sh. (Eron)dan 50 km shim.-Sharqda joylashgan qad. shahar. Mil. AV. 6-a. oxirida barpo etilgan Axomaniylar davlatining poytaxt shaharlaridan biri. Mil. AV. 330 y. Aleksandr (Iskandar) tomo-nidan bosib olinib, yondirilgan va shahar tashlandiq holga kelgan. P.da asosiy qazishma ish- lari 20-a.ning 30-y.laridan olib boril- gan. Tog’etagida bunyod etilgan mahobatli me’moriy-haykaltaroshlik majmui (mil.AV. taxm. 520-450 y.lar) atrofi ham g’ishtdan qurilgan 2 qatorli devor b-n o’ralgan; tantanalar o’tkazilgan zal — Apadana, Doro va Kserksning tosh re- leflar bi-tilgan saroylari, haramxona binosi, Jahon darvozasi, Shoh zali («Yuz US-tunli») xarobalari aniklangan. Axomaniy podshoxlarining bitiklari va Elam tilida yozilgan minglab sopol parchalari topilgan. P.ning G’arb to- mo-nida katta otashgohning qoldiklari saqlangan. P. saroyi qabulgohidan Ara-biston, Turon, Hindiston, Habashistondan kelgan elchilar, sarboz- lar, savdogarlar, xunarmandlarning yuz- lab Su-ratlari toshga o’yib tasvirlangan, yozuvlarda ifodalangan. Hamidjon Homidov.