AYUQA
AYUQA (1647 — 1724) — qalmiqlar xoni. Hokimiyat tepasiga 1672 yil kelib Volga bo’ylaridagi barcha qalmiqlarni birlashtirgan va o’z mulkini ancha kengaytirgan. Rossiya hukumati Ayuqani xon deb 1712 yil tan olgan. Ayuqa dam Jung’ariya, dam Rossiyaga yon bosib turgan, ba’zan esa rus yerlariga chopqunlar uyushtirgan. Chorizm qo’yi Volga bo’yida o’z mavqeini mustahkamlash maqsadida Ayuqani qo’llab-quvvatlagan va uning harbiy kuchlaridan Ashtarxon qo’zg’oloni (1705 — 06) va Bulavin qo’zg’oloni (1707 — 08) ni bostirishda, shuningdek Shimoliy urush (1700— 21)da foydalangan.