Pellagra

Pellagra (ital. pelle agro — dag’al teri), avitaminoz RR –organizmda vitamin RR (nikotin kislotasi) etish- masligidan kelib chiqadigan kasallik. Oziq-ovqatlar tarkibida vitamin RR mikdorining kamayib ketishi, shu- ningdek, organizmning Vita-minlarni o’zlashtirish layoqatining pasayishi sa- bab bo’ladi. P.da ich keta-Di, til qip- qizarib, yaltirab turadi. Gavdaning ochiq qismlari va oyoq-qo’l panjasiga qizil dog’lar tushib, ular keyinchalik pufakcha- larga aylanib, yiring boylaydi. Pufak- chalar yorilib, yiring chiqib ketgach, teri qurib, pust tashlaydi va o’rni dog’bo’lib qoladi. Bemor tinkasi qurishi, tez char- chash, quvvatsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, bosh og’rishi, ishtahasi yo’qligi, og’zi achishib, so’lagi oqishidan shikoyat qiladi. Ruhiy holati ham buzi- ladi. Atrofidagi voqea va hodisalarga beparvo bo’lib qoladi, xotira va aklning pasayishi kuzatiladi. Kasallikni davolashda vrach ko’rsatma-siga binoan, V guruh vitamin- lari b-n nikotin kislotasi beriladi. Nikotin kislotasiga boy ovqatlar — qayvon oqsili, jigar, tuxum, baliq, sut, qatiq, sabzavot va mevalar buyuriladi.