PEDOSENTRIZM

PEDOSENTRIZM (Yun. pais — go’dak va lot. centrum — markaz) — ped. dagi okim. Ta’limning mazmuni, uni tashkil etish va metodlari jamiyat- ning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va ehtiyojiga qarab emas, balki faqat bola- ning bevosita talabi va tug’ma qiziqishi b-n belgilanadi, deb hisoblaydi. P.da o’quvchilarga sistemali bilim berish- ga «bola shaxsiyati o’zini mumkin qadar ko’rsatish im-koniyatiga ega bo’lgan», ya’ni bolalar qiziqishi zo’r bo’lgan o’yinlar, suhbatlar va b. mashg’ulotlardan iborat o’quv jarayoni qarshi qo’yiladi. P. g’oyalari J. J. Russo, amerikalik fay- lasuf J. Dyui, belgiyalik mashhur pe- dagog va psixolog o. Dekroli pedagogik tizimining asosiy qismini tashkil eta- Di. P. tamoyillari pragmatik ped.da yana ham ochi q ifoda qilingan.