Paternalizm
Paternalizm (lot. Paternus — otalarcha, otalik) — davlatning o’z fuqarolariga, firmalarning uz xodim- lariga, bir mamlakatning boshqa mamla- katga homiylik, g’amxo’rlik munosabati; ijtimoiy va mehnat munosabatlarini davlatlar o’rtasida, shuningdek, davlat va firma darajasida tartibga solish shakli. Davlat, firmaning ularga qaram bo’lgan sub’ektlar — davlatlar, xalklar, xodimlarga homiylik munosabatlari- da, shuningdek, shunday g’amxo’rlik va homiylikka ishonch b-n qarash shakllari- da namoyon bo’ladi. P. butun jamiyat boshlig’i davlat bo’lgan bir oila tarzida tasavvur etila- Di. Nimaning yaxshiligi va yomonligini davlat belgilaydi, har bir kishining hokimiyat bo’g’inlari tizimida egalla- gan o’rnini hisobga olgan holda ne’mat- larni taqsimlaydi. P. Munosabatlari jamoatchilik an’analari kuchli bo’lgan mamlakatlar (Yaponiya, Koreya Respubli- kasi, Ispaniya, Italiya, Portugaliya va b.) da ko’proq saqlanib qolgan, sobiq sovet ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida qam P. un-surlari bo’lgan (mas, korxo- nalarni raqobatdan va sinishdan himoya qilish, keng amal qiladigan ijtimoiy kafolatlar). Firmalar darajasida P. xodimlarni umrbod ishga yollash, pensi- yaga chiqishda katta miqdorda bir yo’la na-faqalar to’lash, ish xaqini xodim- ning yoshi va uzluksiz ish stajiga ko’ra ko’tarish, xodimlarning o’zlari ishlay- digan firmaning «o’z xonadoni» deb bi- lishi va b.da ifodalanadi. P. an’anala- rini qo’llash natijasida Yaponiya katta iqtisodiy yutuklarga erishdi, «yapon iqtisodiy mo»jizasi»ni yaratdi. P. an’- analari va g’oyalari AQSh va Germaniyada ham qo’llaniladi. Barno Rahimova.