Parrandaxona
Parrandaxona — parrandalar as-raladigan bino. Parrandalarning turi va yoshiga, xo’jalikda foydala- nish yo’nalishiga hamda asrash tizimiga qarab har xil bo’ladi. 1 — 120 kunlik- kacha bo’lgan tovuq jo’jalari batareyali tsexlarda (erda yoki kataklarda) asrala- Di. Ko’pchilik xo’jaliklarda 1 dan 120 kunlikkacha bo’lgan jo’jalar bitta P.da boqiladi. O’rdak va kurka jo’jalari, ba’zan, dastlabki 10-20 kunda bata- reyali tsexlarda saqlanadi. Go’sht uchun boqiladigan jo’jalar (broylerlar), 1 dan yoki 21 dan 120 kunlikkacha bo’lgan kurka jo’jalari va 1 dan yoki 10-20 dan 55 kunlikkacha bo’lgan o’rdak jo’jalari maxsus P.da o’stiriladi. Voyaga etgan par- randalar erda, sanoat maqsa-dida etish- tiriladiganlari esa erda va kataklarda boqiladi. P. eni 12 yoki 18 m, bo’yi 72, 84, 96 va 108 m qilib quriladi. Sanoat maqsadida boqiladigan 120-150 ming bosh tovuqqa mo’ljallangan 4-6 qavatli va 80 ming broylerga mo’ljallangan 4 qavatli P.lar bor.