Pasterlash
Pasterlash — suyuklik va oziq- ovqat mahsulotlaridagi mikroorganizm- larni turlicha davomiylikda bir Mar- talik 100° dan past (odatda, 60-70°) gacha qizdirib yo’qotish usuli. L. Pa- ster taklif etgan. Yuqori t-Rada sifati o’zgarmaydigan sut, qaymoq, mevalar shar- bati, jele va b. oziq-ovqat mahsulotlari P. qilinadi. P. natijasida sporasiz bakteriyalar, mog’or zamburug’lari o’ladi, lekin P.dan ke-yin ham ba’zi sporalar saqlanib rivojlanishi mumkin. Ular- ni yo’qotish uchun sutdan sariyog’va sut konservalari i.ch.da lahzalik (t-ra 85— 90°da), sir va b. sof sut mahsulotlari i.ch.da qisqa muddatli (20-25 min. davo- mida 72-76°da), bevosita iste’mol uchun sut i.ch.da uzoq muddatli (30 min. davo- mida 62-65°da) P. usullari qo’llanadi. P. maxsus apparat — paste-rizatorlar- da bajariladi. Mevalar, sabzavotlar yoki ulardan tayyorlangan mahsulotlar zich yopilgan banka yoki shishalarga so- lingan holda 85-95° da, uzum sharba- ti 73-85° da pasterlanadi. Natijada mahsulotlardagi mog’or zam-burug’lari va achitqi (drojji)lar yo’q qilinadi.