Mug’xona

Mug’xona, qurum, mug’tosh — 1) ot- ashparastlar qarorgohi; 2) o’tov shakli- da toshdan yasalgan qabr inshooti (mil. AV. 3-2 — mil. 5-6-a.lar). Namangan viloyatidagi Kosonsoy yaqinidan topil- gan M. Shim. Farg’onaning yarim o’troq qabilalariga mansub. Inshoot devorla- ri siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5×8,5 m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuy- nugi bo’lib, toshtaxta b-n berkitib qo’yilgan. M.dan odam suyaklari, tuvak, ko’za, dastali piyola, qilich, pi-choq, jez va temir o’q uchi, jez ko’zgu, zirak, uzuk, munchoq, nafis mo’ychinak va b. topilgan. Idishlar qizil, qora angob b-n tirnab hoshiyalangan.