Metamorfoz
Metamorfoz (Yun. Metamorphosis — o’zgarib qolish) — hayvonlarda M., ya’ni metaboliya — organizm tuzi- lishining tubdan o’zgarishi. M. tufayli lichinka voyaga etgan organizmga aylana- Di. M. ko’pchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim ba- liklar (ikki xil nafas oluvchilar), suv- da va qurukdikda yashovchilar uchun xos. M., odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin o’zgarishi, mas, suv- da hayot kechirishdan quruklikka chiqish, tuproqsa yashirin yashashdan ochiq havoda yashashga, suvda erkin yatshashdan o’troq yashashga utishi b-n bog’liq. M – b-n ri- vojlanadigan hayvonlar hayot tsiklila voyaga etgan organizmdan keskin farq qiladigan bitta yoki undan ko’proq li- chinkalik davri (q. Lichinka) bo’ladi. Hayvon organizmi M.ning turli dav- rlarida har xil funktsiyani bajaradi. M. turning saqlanib qolishi va ri- vojlanishida mu-him ahamiyatga ega. Tuban umurtqasizlar (g’ovaktanlilar, bushliqichlilar)ning kiprikli erkin suzib yuradigan lichinkalari (parenxi- mula, amfibla-stula, planula) turning keng tarqalishiga yordam beradi. Bunday M., ko’pincha, avlod almashinuvi (jins- siz va jinsiy kupayishning gallanishi) b-n yana ham murakkablashadi. Avlod al- mashinmaydigan M.da tuxumdan chiqqan lichinka turning tarqalishiga yordam be- radi (mas, kiprikli chuvalchanglarning troxoforasi, mollyuskalarning Veliger, qisqichbaqasimonlarning na-upleus va zoea li.chinkasi). Nekrotik M.da (ne- mertinalarda) lichinka ichida yangi li- chinka rivojlanadi; eski lichinka ta- nasining ko’p qismi emirilib ketadi. Ko’poyoklilar va mo’ylovsiz hasharotlar uchun xos bo’lgan anamor-fozda, aso- san, tana bo’g’imlari soni ortib bora- Di. Qanotsiz hasharotlar va bir qancha ko’poyoqlilar rivojlanishida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmaydi (protometa- morfoz). Hasharotlarda M. chala va to’liq o’zgarish orqali boradi. Chala uzga- rish orqali rivojlanish, ya’ni gemi- metaboliya orqali rivojlanadigan hasharotlarda tuxumdan chiqqan lichinka va voyaga etgan hayvonning yashash tarzi va tuzilishi uxshash bulib, uzgarish faqat boshlang’ich qanotlarning asta-sekin usib borishidan iborat (kunliklar, ni- nachilar, suvaraklar, chigirtkalar, teng qanotlilar, yarim qattiq qanotlilar, beshiktervatarlar, bitlar). To’liq uz- garish, ya’ni golometa-boliya orqali ri- vojlanishda tuxumdan tuzilishi va hayot kechirishi b-n voyaga etgan hasharotdan keskin farq qiladigan chuvalchangsimon lichinka chiqadi (qattiq qanotlilar, tangacha qanotlilar, parda qanotlilar, ikki qanotlilar, burgalar, termitlar, to’rqanotlilar). Chuvalchangsimon li- chinka oziqlanish, voyaga etgan hasharot esa tarqalish va ko’payish funktsiyasini bajaradi. Lichinka g’umbakka aylanadi. G’umbakdan voyaga etgan hasharot chiqadi (q. G’umbak). Umurtqali hayvonlardan yashovchilarda M. keskin namoyon bo’ladi. Minogalar lichinkasi suv tubidagi loy- da yashaydi. Voyaga etgan Minoga baliqlar terisida parazitlik qiladi. Suvda va quruklikda yashovchilarda tuxumdan itbaliq deb ataladigan lichinka chiqadi. M. jarayonida itbaliqning lichinkalik organlari asta-sekin yo’qolib, voyaga et- gan hayvonga aylanadi. M. ichki sekresiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlar orqali boshqariladi. O’simliklarda — bajaradigan funk- tsiyasi yoki shart-sharoitning almashi- nuvi b-n bog’liq holda o’simlik asosiy organlari ko’rinishining o’zgarishi; M. ontogenezpya vujudga kelib, evolyusiya jarayonida mustahkamlanadi. Noqulay yatshash muhiti, suv tanqisligi sababli barg va novda M.ga uchraydi. Mas, kaktus- da barglar sertikan novdaga aylanib, suv bug’latish yuzasi kamaygan; fotosintez jarayoni uchun zarur suv zaxirasi etli poyada saqgsanadi. Ba’zi o’simliklar (do’lana, gledichiya)da barglar tikanga, yorug’lik kam tushadigan sernam joylar- da o’sadigan o’simliklar (liana, tok) novdasi ilashib o’sishiga yordamlashuvchi Gajakka, hasharotxo’r o’simliklar bargi o’ziga xos qopqonga aylangan va q.k. Ko’p yillik o’t o’simliklarda er osti novda- si za-xira oziq moddalari to’planishi sababli, ko’rinishi o’zgargan, ya’ni meta- mor-fozlashgan (mas, kartoshka tuganagi, piyozboshi va b.). Gulli o’simliklar guli ham metamor- fozlashgan novdadan iborat. Kosachabarg, tojbarg, changchi va urug’chi barglar barg- dan, gulo’rni esa poddan hosil bo’lgan. Sayfullo To’ychiev.