AHMAD MIDHAT
AHMAD MIDHAT (1844 – 1913) – turk yozuvchisi, ma’rifatparvar. Turk adabiyotida kichik hikoya va romanchilik asoschisi. Ilk hikoyalar to’plami («Qissadan hissa») 1870 yilda bosilgan. Bag’dodda (1868), Istanbulda (1871) bosmaxona tashkil etib, gazeta va jurnallar chiqargan. Tarix, falsafa, din, jug’rofiyaga oid asarlar yozgan. «Dunyoga ikkinchi kelish» (1874), «Hasan malloh» (1874), «Husayn falloh» (1875), «Parijda bir turk» (1876), «Raqqosa» (1877), «Yosh turk» (1908) kabi asarlar muallifi. Ahmad Midhat frantsuz yozuvchilari asarlarini turk tiliga tarjima qilgan.