AHMADOBOD
AHMADOBOD — Hindiston g’arbidagi shahar. Gujarot shtatining ma’muriy va iqtisodiy markazi. Aholisi 2,9 million kishi (1991, shahar atrofi bilaan). Mamlakatning savdo va moliya markazlaridan biri; yirik transport yo’llari tuguni. 1411 yilda Gujarot sultoni Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan. 15 — 16 – asrlarda Ahmadobod Hindistonda muhim savdo va sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan, o’z hunarmandchiligi va ajoyib me’moriy inshootlari bilan shuhrat qozongan. 15-asrda qurilgan katta jome masjidi, zafar toqi — tin darvozasi (15 – asr) va o’ymakorlik bilan ishlangan yog’och uylar (16 — 17-asrlar) saqlangan. Ahmadobod il gazlama sanoatining (Bombaydan keyingi) yirik markazi; paxta tozalash, ipak (jumladan sun’iy ipak) va boshqa yengil sanoat tarmoqlari taraqqiy qilgan. Kimyo sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (kimxob to’qish, zargarlik, yog’och va suyakdan o’ymakorlik buyumlari yasash) rivojlangan. Universitet bor.