AHMADXO’JAYEV SAIDBOTIR SAIDG’ANIYEVICH kim bo’lgan?
AHMADXO’JAYEV SAIDBOTIR SAIDG’ANIYEVICH (1941.30.5, Toshkent) — operator va rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Ijodini 1966 yil «O’zbekfilm» kinostudiyasining «Nashtar» satirik kino-jurnalida boshlagan. 1969 yildan «O’zbektelefilm» studiyasida. Operator sifatida osori atiqalar, milliy qadriyatlarimiz haqida hikoya qiluvchi «Sharqning mangu obidalari», «Buxoro», «Hamro buvi ertaklari» hujjatli filmlarini yaratgan. 1972 yildan rejissyor sifatida ijod qilib, «Brigada», «Usta Salimjon», «Xalq farzandi», «Mukarrama opa va qirq go’zal», «Intizor», «Xotira», «Qalb saxovati», «Farzandlar qasamyod qildilar» kabi hujjatli, shuningdek «Aziz» televizion badiiy, «O’zbegim» badiiy-publitsistik filmlarni yaratdi.
O‘xshash so‘zlar
- AHMAROV CHINGIZ GABDURAHMONOVICH kim bo’lgan?
- AHMEDOV BERDIYOR AHMEDOVICH kim bo’lgan?
- AHMEDOV BO’RI kim bo’lgan?
- AHMEDOV BO’RIBOY kim bo’lgan?
- AHMEDOV FAYZULLA kim bo’lgan?
- AHMEDOV G’ULOM AHMEDOVICH kim bo’lgan?
- AHMEDOV HOJIAKBAR kim bo’lgan?
- AHMEDOV KARIM SODIQOVICH kim bo’lgan?


