Mang’lay

Mang’lay, manqlay (mo’g’ulcha — pe- shona) — Temuriylar davri tarixiga oid forsiy adabiyotda hamda Chig’atoy adabiy tili manbalarida qo’shinning ilg’or qismi, ya’ni avangard. Harbiy safar yoki jang maydonida tuzilgan jangovar tar- tib — yasolga binoan, M.dan bir necha chaqirim oldinda ayg’oqchilik b-n mashg’ul bo’lgan qorovul harakat qilgan. M.ning o’ng va chap tarafidan o’ng qo’l — barang’ar hamda so’l qo’l — juvang’arnknt ilg’orlari joy olgan. M. ortidan barang’ar va juvan- g’arning qolgan 2 bo’lagi, ya’ni Chapo-vul va shaqavul peshma-pesh kelgan. Bular- ning o’rtasida jangning aksar hollarda takdirini hal qiluvchi asosiy kuchlar — qo’l (g’o’l) saf tortib turgan. M. boshqa qismlarga nisbatan ol- dinda yurgan va dushman saflarini yorib o’tish vazifasini o’tagan. Shu bois M.ga iste’dodli sarkardalar yoki xarbiy salohiyatga ega shahzodalar qo’mondonlik qilgan. M., asosan, ko’pdan-ko’p jangu ja- dallarda suyagi qotgan, tajribali jang- chilardan tuzilgan. Ad:. Ivanin M. I., O voennom iskus- stve i zavoevaniyax mongolotatar i Sred- neaziatskix narodov pri Chingiz-xane i Tamerlane, Spb., 1875; Nizomiddin Shomi y , Zafarnoma, T., 1996; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.