Marks (Marx) Karl

Marks (Marx) Karl (1818. 5.5, Trir — 1883.14.3, London) — nemis faylasu- Fi, iqtisodchi, jamiyatshunos, marksizm asoschisi. Advokat oilasida tug’ildi. 1835-41 y.larda Bonn va Berlin un- tlarining yuridik f-tlarida o’qidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar ta’sirida shakllandi. 1842 y. «Reyn ga- zetasi» (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843 y. Parijga ko’chib keldi. Bu erda F. Engels b-n do’stlashdi (1844) va u b-n birgalikda yozgan «Muqaddas oila» asari (1845) tuzumni o’zgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bag’ishlandi. Prussiya hukumatining tazyiqi tu- fayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu erda Engels b-n hamkorlikda yaratgan «nemis mafkurasi» (1845-46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan. M.ning «falsafa qashshoqligi» (1847) asarida esa tarixiy materialism va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. «Kommunistlar uyushmasi» xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan M. va Engels bu tashkilot- ning dasturi — «Kommunistik partiya manifesti»ni yozdilar (1848). Fran- tsiyada 1848 y. inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati M.ni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. M. Parijga kelib, kommunistlar uyush- masining yangi MKni tuzdi. Apr.da M. va Engels Kyolnga jo’nadilar, bu erda M. «Yangi Reyn gazetasi»ga bosh muharrir bo’ldi. 1849 y. mayida Prussiya hukumati M.ni badarg’a qilib, gazetani yopdi. M. 1849 y. avg.da Londonga ko’chib bordi va umrining oxirigacha o’sha erda yashadi. Bu erda Engelsning moddiy yordami b-n na- zariyotchilik va jamoatchilik faoli-yati- ni davom ettirdi. M. 1 – Internasional (1864-76)ning tashkilotchisi va etakchisi edi. 1867 y. M. ning asosiy asari «kapital» (1jildi) bosilib chikdi; M. uning key-ingi jild- larini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2jild, 1885; 3jild, 1894). Bu asar marksizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. M.ning boshqa asar- lari: «Lui Bonapartning o’n sakkizin- chi bryumeri» (1852), «siyosiy iqtisod tanqidiga doyr» (1859), «Frantsiyada fuqarolar urushi» (1871), «Gota dastu- rini tanqid» (1875).