«Munojot»

«Munojot» (Arab. — yalinish, yolvorish) — yirik shakldagi o’zbek mumtoz cholg’u kuylar turkumi. 3 asosiy qismdan tashkil topgan: «M.», «Savti M.»va «Ufari M.». Turkumli ijroda ba’zan «Savti M.»dan keyin «oromi- jon» nomli kuy ulanib, so’ngra «Ufari M.»yangraydi. Umumiy parda tuzili- shi hamda bosh kuy mavzui bo’yicha ular Dugoh va Chorgoh maqom yo’llariga mos keladi. «M.»turkumining tarkibiy qismlari bir-biridan asosan usul negi- zi b-n farklanadi (Saraxbor, kashqarcha, Ufar). Shu b-n birga o’zbek musiqa mero- sida «Mo’g’ulchai M.», «Muxayyari M.», «Qashqarchai M.»nomli cholg’u kuylar xam mavjud. O’tmishda «M.»Alloxdan najot, ma- dad tilab kilinadigan tungi yoki yashirin ibodat, uning ruhiy holati b-n bog’liq holda yuzaga kelgan bo’lsada, «M.»kuy- lari keng dunyoviy moxiyatga ega, lirik kayfiyatni aks ettiradigan jozibali, maftunkor, badiiy etuk asarlardir. Shu- ningdek, I. Ikromov 1940-y.larda na- voiy qalamiga mansub «kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’kelmadi» g’azalni «M.»kuyiga mohirona bog’lab, ashula yo’lini yaratgan. Uni A. Haydarov, B. Dovidova, B. Is-hoqova kabi atoqli xo- nandalar o’ziga xos ijro uslublari b-n keng ommaga tanitgan. «M.»ning «oro- mijon» kismi esa «qoshlari qalamlar» xalqso’zlari b-n aytilib kelinadi. «M.» kuylaridan o’zbek bastakorlari va kom- pozitorlari tomonidan har xil shakl va janrlarda unumli foydalanilgan (mas, F. Mamadaliev — ko’p qismli yangicha «M.»turkumi, D. Soatqulov — «Farg’onacha kvarteti», M. Tojiev — 3, 11simfoniyalari va b.). «M.»atamasi boshqa Sharq xalqlari (mas, uyg’ur, Eron, tatar va b.) musika me- rosida ham turli (diniy aytim, qo’shiq va b.) ma’nolarda uchraydi. Ravshan Yunusov.