AHMEDOV G’ULOM AHMEDOVICH
AHMEDOV G’ULOM AHMEDOVICH (1916.11.8, Turkiston shahri, Qozog’iston) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari Doktori (1973), professor (1986). 1937 — 41 yillarda Toshkent yuridik instituti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida ta’lim olgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq instituti jinoyat huquqi sektorining mudiri (1959 — 96), 1997 yildan — ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillashtirish xususan giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bag’ishlangan. Huquqshunoslikka doir lug’atlar tuzgan, o’zbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qo’shgan.