AHMEDOV SHOKIR

AHMEDOV SHOKIR (1943.25.2, Toshkent) — baletmeyster. O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr san’ati institutining baletmeysterlik fakultini (1972) tugatgan. 1962-65 yillar O’zbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972-74 yillar «Shodlik» ansamblida, 1974 yildan Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Ahmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: «Erkaklar katta raksi», «Uchrashuv»; spektakllarda — «Jonim fido», «Nurxon», «Arshin mol olon», «Super qaynona», «Dilafro’zga to’rt oshiq», «Taqdir», «Ur, to’qmoq!», «Paranji sirlari» va boshqalar. Ahmedov O’zbekistonda o’tkaziladigan tantanali bayramlarda bosh baletmeyster sifatida ishtirok etgan. Raqslarida zamonaviy-ijtimoiy ruh asosiy o’rin tutadi. Mumtoz raqslarga ham yangicha sayqal berish, doimo originallikka, o’ziga xos raqslar yaratishga intilish Ahmedov ijodiga xosdir.