Motiv

Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarish- ga sabab bo’luvchi omil, vaj. M. shax- sni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida pay- do bo’luvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va b. M.lar jumlasiga kiradi. Hoz. zamon psixologiyasida M. atamasi sub’ektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qo’llanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivasiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shak- llanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivasiyaning samarali shakllanishini ta’minlaydi. Harakat faoliyatning tar- kibi bo’lganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Ba’zan «M.»tu-shunchasini «emosiya», «maqsad», «ustanovka» atamalari b-n al- mashtirish hollari uchraydi. Goho turt- ki, qo’zg’ovchi, undovchi tushunchalari b-n aynanlashtiriladi.