Muvashshah
Muvashshah (Arab. – bezatilgan, ziynat berilgan), akrostix — Sharq xalqlari (Arab, fors, eski o’zbek) mum- toz she’riyatida badiiy-ifodaviy usullardan biri. «Tavshih» (Arab. — «bog’lamoq») deb ham yuritilgan. M. aso- san qasida janrida ishlatilib, unda she’rning har bir bayti yoki misrasi- ning birinchi harflaridan biror so’z yoki jumla (ko’pincha she’r bag’ishlangan shaxsning nomi) hosil bo’ladi. M.dan oyat, qadis va hikmatli so’zlarni she’r tarkibiga joylash maqsadida ham foyda- lanilgan. O’zbek adabiyoti tarixida she’- rning bosh qismida kishi ismi berilgan M.lar keng tarqalgan. Muqimiy, Furqat kabi shoirlar ko’plab M. yozishgan.