ZAYNIDDINBOBO

ZAYNIDDINBOBO, Shayx Zayniddin bobo Ko’hi Orifon Toshkandiy (1164-1259, Toshkent) — Shayx. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy Bag’dodning katta mutasavviflaridan bo’lgan, suxravardiya tariqatini yaratgan. O’g’li Zayniddinni Shosh (Toshkent)ga yuborgan. Zayniddinbobo hozirgi Ko’kcha dahasida hayot kechirgan va tasavvuf ilmi bilan shug’ullangan. Tarixiy manbalarda Zayniddinbobo «Sayyidlarning ulug’i va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi», «Oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi» deb ta’riflanadi. Amir Temur 1391-92 va 1402 yillar Zayniddinbobo maqbarasini ziyorat qilgan va ta’mir ettirgan. Zayniddinbobo avlodlari «Shayx Zayniddin buva» qabristoni deb ataluvchi ziyoratgoh maskan yaqinida yashab keladi. Shoir Xislat, akademik Jorulla Fayzullayev, yozuvchi Najibbulo Habibullayev, navoiyshunos olim Hamid Sulaymon va boshqa ushbu shajara vakillaridir.