Merida

Merida — Meksikaning Jan.- Sharqiy qismidagi shahar. Yukatan ya.o.da, Yukatan shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 703 ming kishi (2000). T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Aeropor- ti xalqaro ahamiyatga ega. Dag’al tolali xeneken (agava) etishtiriladigan yirik q.x. rayonining markazi. To’qimachilik (xenekenni qayta ishlash, arq-on i.ch.), oziq-ovqat, metallsozlik, ip gazlama, ko’n-poyabzal, tsement sanoati korxona- lari mavjud. Un-t, Yukatan arxeologiyasi va tarixi muzeyi bor. Turistlar ko’p ke- ladi. Shaharga 1542 y.da asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan 16-18-a.lar- da qurilgan binolar saqlangan.