Markazit
Markazit (fors, margashishe — kolchedan), nursimon kolchedan — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi FeS2. Qo’shimchalar tarzida, ko’pincha, Ni, As, Sb, Ti, Co va b. mavjud. Metalddek yaltiroq. Rangi jezsimonsariq, yuzasi kulrang-yashil tovlanadi. Rombik sistemada kristalla- nadi, kristallari taxtachasimon, ustun- Simon, qo’shaloq, nayzasimon, ba’zan taroqsimon. Ko’pincha, murakkab agregat- lar — birikkan holda, kurtaksimon va oqiq hosilalar ko’rinishida, ayniqsa, pirit b-n ko’proq uchraydi. Qattiqligi 6,0—6,5, zichligi 4,9 g/ sm3. Mo’rt. Alohida kon hosil qilmaydi. Piritdan kristall shakllari b-n farq qiladi. Gi- drotermal konlarda pirit, pirrotin va b. sulfidlar b-n birga hosil bo’ladi. M. cho’kindi jinslarda, asosan, ko’mirli, ayniqsa, qo’ng’ir ko’mirli qumtosh gillar orasida konkresiya va noaniq shaklli donalar hosil qiladi. O’zbekistonda ko’proq Angren kumir konida, kamroq oltin konlari (Muruntov va b.), grafit (Toshqazigan), skarnlisheelitli (ingich- ka, Langar, Qo’ytosh va b.), polimetalli, kolchedanli (Uchquloch, Xondiza va b.) kon- larda tarqalgan. Sulfat kislota olish- da ishlatiladi. Ko’mir va o’tga chidamli gillarda zararli qo’shimcha hisoblanadi.