MARKOVIS
MARKOVIS (Markowitz) Xarri -amerikalik iqtisodchi. Kaliforniya unti prof. (1968), «arbitraj menej- ment Kompani» Prezidenta (1969-72), Pensilvaniya unti moliya prof. (1972— 74), Rutjerov untining iqtisodiyot va moliya bo’yicha xizmat ko’rsatgan prof. Amerika moliya assosiasiyasi Preziden- ti. M. qimmatli qog’ozlar bozoriga matematik usullarni ko’llash imko- niyatlarini, shuningdek, portfel in- vestisiyalarini tanlash, investisiya- larni samarali diversifikasiyalash mu-ammolarini tadqiq etgan. U turli qimmatli qog’ozlarga kapitalni opti- mal investisiyalash nazariyasini yaratdi. M.ning portfel investisiya nazariyasi asosida qimmatli qog’ozlarni diversi- fikasiyalashning maqsadga muvofiqligi va xatarlarni baholash to’g’risidagi g’oyalari AQShda katta mu-vaffaqiyat qozondi. Yirik asarlari: «portfel tanlovi: investisiyalarning samarali diversifikasiyasi» (1959), «portfelni va kapital bozorlarini tanlashda o’rtacha va dispersiyalar taxdili» (1987). Nobel mukofoti laureati (1990; M. Miller va U. Sharp b-n birgalikda).
O‘xshash so‘zlar
- Markov jarayonlari
- Markovnikov qoidasi
- Markovin Ivan Vasilevich
- Markov Mixail Nikitovich
- Markov Andrey Andreevich
- Markovnikov Vladimir Vasilevich
- Marks (Marx) Karl
- Marksheyderiya











