Marti (Marti) Xoce Xulian
Marti (Marti) Xoce Xulian (1853.28.1, Gavana — 1895.19.5, Dosri- OS, Orente viloyati) — Kuba milliy qahramoni, ispan mustamlakachilari- ga qarshi milliy ozodlik kurashining g’oyaviy tashkilotchisi, yozuvchi. Madrid va Saragosa un-tlarini tugatgan. Kuba inqilobiy partiyasi asoschisi (1892— 98). Turli sosial qatlam vakillari- ni birlashtirgan bu partiya 1895 y. 24 Fev.da boshlangan Kuba milliy ozodlik qo’zg’olonini tashkil etishda katta rol o’ynagan. «Abdala» nomli romantik dra- ma (1869), she’rlar to’plamlarining mu- allifi. 11 apr. da M. va qo’zg’olonning boshqa rahbarlari tushgan kema Orente viloyatiga kelgan, biroq oradan bir oy o’tgach, Dosrios yaqinida ispanlar b-n bo’lgan jangda halok bo’lgan.