Mashinalashgan ishlab chiqarish

Mashinalashgan ishlab chiqarish — ijtimoiy i. ch. taraqqiyotining tarixiy bosqichi. Bu bosqichda mehnat quroli sifatida ma- shinalardan foydalaniladi. M. i. ch. sanoat rivojlanishiga asos bo’ldi va mayda, tarqoq hunarmandchilikni siqib chiqardi. M. i. ch.ga manufaktura mod- diy va iktisodiy zamin yaratdi. Ma- shina texnikasi asosida manufaktura korxonasi f-kaga aylandi. Yirik M. i. ch.da mehnatning kooperativ xarakteri zaruriy bo’lib qoldi, har bir korxo- nadagi, shuningdek, butun jamiyatdagi mehnat taqsimoti chuqurlashdi, i. ch. vo- sitalari va ish kuchining kontsentrasiya- si kuchaydi. M. i. ch.ning taraqqiyoti b-n kapital jamg’arish ham jadallashdi. M. i. ch.ning rivoji tufayli xo’jalikning kapitalizmga qadar shakllari emirildi, kapitalistik i. ch. munosabatlari qaror topdi. M. i. ch.ning eng yangi bosqichi hoz. zamon fantexnika taraqqiyoti b-n cham- barchas bog’liq.