Maxsumov Mirqodir
Maxsumov Mirqodir (1924.4.6 -Toshkent — 1987.21.10) — diktor. O’zbekiston xalq artisti (1977). Toshkent teatr bilim yurtida (1938-40), Toshkent pedagogika in-tida (1940-45, uzilish- lar 6-n) ta’lim olgan. 1945— 87 y.lar O’zbekiston radiosida diktor. M. xusho- vozligi, nutqining ravonligi, diktsiya- sining kuchliligi, til normalarini pux- ta bilishi b-n boshka diktorlardan AJ- ralib turgan. Uning kamyob tembrli ovo- zi, ifodali, ma’-noli o’qishi kuchli emo- tsional ta’sir kuchiga ega bo’lgan. Muhim siyosiy hujjatlar, targ’ibiytashviqiy ahamiyatga ega matnlarni faqat M. o’qigan. Ayniqsa, mumtoz she’riyat namu- nalarini radio va televidenie orqali katta mahorat, ma’nodor o’qishi b-n Shuxrat qozongan. Shuningdek, juda ko’p fil-mlarga ovoz berishda qatnashgan. M. «Muhabbat qo’shig’i» (1961), «inson mehri» (1965), «Orzularing yo’lida» (1973) kabi hikoyalar to’plamlarining muallifi.